Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Yangi Elantra, “badjahl” Mustang va koʻplab gibridlar: LA Auto Show 2026 premyeralari

LA Auto Show 2026 Los-Anjelesda 20–29 noyabrda boʻladi. Ishlab chiqaruvchilar Elantra, NEXERA Vision, Mustang Dark Horse SC, boshqa modellar, gibridlar, elektromobillar va konseptlarni namoyish etadi.

21-noyabr, 16:11По-русски

Read in English

autonews.ru

Los-Anjeles konferensiya markazidagi avtosalonda qariyb yigirmata avtomobil ishlab chiqaruvchi qatnashadi. Hyundai yangi avlod Elantra sedan va gibrid modifikatsiyasini, Ford esa kompressorli V8 dvigatelli Mustang Dark Horse SC kabrioletini taqdim etadi.

Acura stendida NEXERA Vision konsepti ilk bor namoyish etiladi. Uning dizayn yechimlaridan keyingi avlod RDX Hybridʼdan boshlab kelajakdagi seriyali modellarda foydalanish rejalashtirilgan; RDX Hybrid 2028-yilda chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, marka Integra Type Rʼning Amerikadagi debyutiga 30 yil toʻlishiga bagʻishlangan, cheklangan miqdordagi Integra Type S Heritage Editionʼni olib keladi. Ushbu maxsus versiyaning Shimoliy Amerika uchun tiraji 700 ta avtomobilni tashkil etadi.

Elektromobillar qatorida Rivian R2, Genesis GV90, Toyota Highlander va Porsche Cayenne Turbo Electric bor. 95,8 kVt·soat sigʻimli batareyaga ega toʻliq yuritmali Highlander uchun 320 mil yurish zaxirasi va 338 ot kuchi eʼlon qilingan.

Gibridlar qatorini Kia Telluride Hybrid, Nissan Rogue Hybrid va Subaru Forester Wilderness Hybrid toʻldiradi. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarga Chevrolet Silverado, Volkswagen Atlas Cross Sport, Lucid Gravity GT-S, Cadillac VISTIQ, GMC Sierra EV va yangilangan Chrysler Pacifica koʻrsatiladi.