Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va FAO Investitsiya markazi agrar sohani raqamlashtirishni muhokama qildi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Investitsiya markazi agrar sohaga sunʼiy intellektni joriy etishni taklif qilmoqda

13-noyabr, 14:15По-русски

Read in English

Shutterstock

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari FAO Investitsiya markazi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Tomonlar agrar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va qoʻshma loyihalarni muhokama qildi.

Ishtirokchilar, shuningdek, sohaning ustuvor yoʻnalishlaridagi investitsiya imkoniyatlarini, amaldagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlashni hamda xalqaro hamkorlar bilan yangi tashabbuslarni tayyorlashni koʻrib chiqdi. Boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan, jumladan, sunʼiy intellektdan foydalanish ham alohida mavzu boʻldi.

Uchrashuv yakunida FAO ushbu yoʻnalishlarda maxsus loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Loyihaning aniq parametrlari, muddatlari va moliyalashtirish hajmi hozircha maʼlum qilinmagan.