Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

196 mamlakat ishtirokchilari qatnashadigan Beast Games uchinchi mavsumi 16-dekabrda chiqadi

MrBeast boshchiligidagi yangi musobaqalar xalqaro maydonda boʻlib oʻtadi, gʻolib esa 5 million dollar oladi

16-noyabr, 13:48По-русски

Read in English

deadline.com

Prime Video «MrBeast oʻyinlari: Jahon chempionlari» (Beast Games: World Champions) realiti-shousining uchinchi mavsumi premyerasi sanasini eʼlon qildi. Dastlabki uch qism 16-dekabrda chiqadi, shundan soʻng yangi qismlar har hafta ikkitadan namoyish etiladi. Mavsum finali 13-yanvarga rejalashtirilgan.

Jeyms Donaldson, yaʼni MrBeast, boshchiligidagi yangi mavsumda 196 mamlakat vakillari ishtirok etadi. Ular 5 million dollarlik bosh sovrin uchun kuch, chaqqonlik va strategik fikrlashni talab qiladigan sinovlardan oʻtishlari kerak boʻladi.

Eʼlon qilingan tizerda xalqaro musobaqa maydoni, Rim Kolizeyi va oʻn minglab tomoshabinlar toʻplangan stadion koʻrsatilgan. Ijodkorlar, shuningdek, kutilmagan burilishlar, pora berish, xiyonatlar va turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar oʻrtasidagi kurashni vaʼda qilmoqda.

Yangi mavsum rejalari San-Diyegodagi TwitchCon anjumanida Prime Videoʻning maxsus taqdimoti vaqtida eʼlon qilindi. Shou dunyoning 240 dan ortiq mamlakat va hududida faqat ushbu platformada namoyish etiladi. Donaldson boshlovchi va ijrochi prodyuser sifatida qaytadi. Loyihaga yana Tayler Konklin rejissyorlik qiladi.