Chorshanba, 11-noyabr 2026-yil
Uy-joy

Oʻzbekistonda hali qurilmagan turar joy majmualari reklamasiga cheklov qoʻyiladi

Deputatlar loyiha deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar qurilayotgan turar joy majmualari va xonadonlarni reklama qilishni taqiqlashni maʼqulladi

11-noyabr, 14:52По-русски

Read in English

Shutterstock

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qilib, Senatga yubordi. Yangi talablar hozircha kuchga kirgani yoʻq.

Cheklov alohida xonadonlar va butun turar joy majmuasi reklamasiga taalluqli boʻladi. Quruvchi loyiha deklaratsiyasi Yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin obyektni targʻib qilishi va uy-joy taklif etishi mumkin. Tizimda qurilish obyekti haqidagi maʼlumotlar joylashtirilishi kerak.

Koʻp kvartirali uylarni ruxsatsiz qurganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari, mansabdor shaxslarga esa 450 baravari miqdorida jarima solish allaqachon nazarda tutilgan. Maʼmuriy jazo qoʻllanganidan keyin qoidabuzarlik takrorlansa, jinoyat javobgarligi yuzaga kelishi mumkin.

Qonun loyihasida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasining vakolatlari ham aniqlashtiriladi. Qurilish sohasidagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikning boshqa choralari saqlanib qoladi.

«Birinchi xato uchun — ogohlantirish» tamoyili 2027-yildan amal qila boshlashi kerak.