Saudiya Arabistoni neftni dollarga sotish kelishuvini uzaytirmadi
2024 yilda Saudiya Arabistoni neftni faqat dollarga sotish majburiyatini rasman uzaytirmadi. 1974 yilgi kelishuv rasmiy bitim boʻlmagan.

Kelishuv Saudiya neftini AQSh valyutasida sotish evaziga AQSh harbiy yordami va xavfsizlik kafolatlarini nazarda tutgan. Vashington oltin standartidan voz kechilgach, dollarga talabni qoʻllab-quvvatlashga intildi, neft inqirozi esa xomashyo taʼminotini himoya qilish zaruratini kuchaytirdi.
Shu tariqa neft eksportchilari dollarlarni jamlab, ularni, jumladan, AQSh davlat obligatsiyalariga kiritadigan tizim shakllandi. Biroq Fors koʻrfazi mamlakatlari bir necha yildan beri AQShdan tashqaridagi savdo aloqalarini kengaytirmoqda. Saudiya Arabistoni va Xitoy 2023 yilda 7 mlrd dollarlik valyuta svopini tuzdi, Saudiya markaziy banki esa valyutalarni bevosita ayirboshlash uchun moʻljallangan mBridge platformasida qatnashadi.
Shu bilan birga, qirollikning, jumladan, Xitoy bilan bitimlari hamon asosan dollarda amalga oshiriladi. Iqtisodchilar Eron atrofidagi mojaro yuanda hisob-kitoblarga eʼtiborni kuchaytirgan deb hisoblaydi: ayrim kemalar Xitoy valyutasida toʻlov qilingan holda Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtgan boʻlishi mumkin. Dollar ustun mavqeini saqlab qolmoqda, ammo neft savdosidagi yagona variant boʻlib qolmayapti.



