Jensen Huang Anthropic uchun eng yomon ssenariyni yaratdi. Keyin chetlatildi
Jensen Huangning chetlatilishi Anthropic uchun bu haftadagi IPO oldidan xavfni kamaytirdi. Nvidia uning davrida kompaniyaning pullik mahsulotlariga raqobatchi ochiq AI modellarini ilgari surdi.

Anthropic bu hafta IPOga tayyorgarlik koʻrmoqda, kompaniya bahosi 1,4 trln dollarga yetishi mumkin. Investorlarga pullik yopiq AI xizmatlarining kelajakdagi daromadliligiga tikish taklif qilinmoqda.
Huang davrida Nvidia Nemotron nomli ochiq modellar oilasini ishlab chiqdi, Reflection AI, Thinking Machines Lab va Poolside kompaniyalariga sarmoya kiritdi hamda Hugging Face platformasini sotib olishni rejalashtirdi. Bunday modellarni yuklab olish, oʻzgartirish va mustaqil ishga tushirish mumkin, bu esa kompaniyalarning Anthropic va OpenAIʼga qaramligini kamaytiradi.
Anthropic esa AI vazifalarini Nvidia, Google, Amazon va AMD chiplari oʻrtasida taqsimlash uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqdi. Bu unga uskunani narxi va samaradorligiga qarab tanlash imkonini beradi.
AQShning ilgʻor chiplarini Xitoyga yetkazib berish masalasida Dario Amodei qatʼiy cheklovlarni qoʻllab-quvvatlagan, Huang esa ularga qarshi chiqqan. U ketganidan soʻng AQSh rasmiylari xitoylik kompaniyalarga Nvidia GPUʼlarini xorijdagi maʼlumotlar markazlari orqali ijaraga olish imkonini bergan boʻshliqni yopdi. Nvidiaʼning vaqtinchalik rahbari avvalgi siyosatni davom ettirishi mumkin.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
