Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

IPOdan keyin Amazon va Google Anthropicʼning 28 foiziga egalik qiladi

Fortune hisob-kitoblariga koʻra, bu ulushlar Amazon va Googleʼga qariyb 260 milliard dollar foyda keltiradi

20-noyabr, 14:14По-русски

Read in English

fortune.com

Paket ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan N toifasidagi aksiyalardan iborat. Nazorat yetti nafar asoschi qoʻlida qoladi: ular tuzgan LLC kompaniyasi maxsus toifadagi bitta aksiyaga egalik qiladi.

Har ikki kompaniya bir vaqtning oʻzida Anthropicʼning investorlari, mijozlari, modellarni tarqatish boʻyicha hamkorlari va raqobatchilari hisoblanadi. Ular Anthropicʼga hisoblash quvvatlarini ijaraga beradi, kompaniya modellarini bulutli platformalari orqali sotadi va oʻz mahsulotlarini — Googleʼning Gemini hamda Amazonʼning Novaʼsini — ilgari surish orqali tushumdan ulush oladi.

Anthropic Google xizmatlariga kamida qariyb 121,3 milliard dollar, Amazon xizmatlariga esa 110 milliard dollar sarflash majburiyatini olgan. Bu majburiyatlar hisoblash quvvatlaridan amalda foydalanilishidan qatʼi nazar amal qiladi. Bulutli platformalar orqali amalga oshiriladigan savdolar provayderlarga kompaniyaning narxlari va tijoriy shartlaridan foydalanish imkonini ham beradi.

Anthropic prospektida bunday munosabatlar manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirishi, uni toʻliq oldindan koʻrish yoki yumshatish qiyin ekani qayd etilgan. Bulutli xizmat provayderlari oʻzlarining hisoblash vazifalariga, shuningdek, oʻzlari sarmoya kiritgan raqobatchilarni ham oʻz ichiga oluvchi boshqa mijozlarning vazifalariga ustuvorlik berishi, olingan maʼlumotlardan esa raqobatdosh ishlanmalarda foydalanishi mumkin. FTCning sobiq rahbari Lina Xan bu aloqalarni chuqur manfaatlar toʻqnashuvi deb atadi.