Oʻzbekistonda 10 mln yoshni kelajak kasblariga oʻqitish rejalashtirilmoqda
2027-yil yanvarigacha hududiy dastur va qisqa muddatli kurslar tayyorlanishi kerak

Maqsadli koʻrsatkichga koʻra, 2031-yilgacha 10 mln yosh raqamli koʻnikmalar va kelajak kasblariga oʻqitiladi. Raqamli industriya va zamonaviy mehnat bozori uchun mutaxassislar tayyorlash Oʻzbekiston prezidenti farmonida ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
2027-yil yanvarigacha raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, IT, sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot yoʻnalishlarida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish mexanizmlari ishlab chiqilishi kerak.
Bundan tashqari, sertifikatlash tizimi va vaucher asosidagi qoʻllab-quvvatlashni joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu vositalar yoshlarni keyinchalik ish bilan taʼminlash, kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirish va bandlikka koʻmaklashishga yoʻnaltirilishi kerak.



