Porsche sport rejimida yoʻgʻonlashadigan rulni patentladi
Porsche qalinligi oʻzgaradigan rulni tasvirladi: u avtomatik yoki qoʻlda yoʻgʻonlashishi, uzatma almashtirish kurakchalari esa tashqariga chiqishi mumkin.

Kompaniya turli haydash sharoitlariga moʻljallangan rul konstruksiyasini patentladi. Sport rejimida rul chambaragi trassada mahkamroq ushlashni taʼminlash uchun yoʻgʻonlashishi, shaharda odatiy haydash paytida esa standart shakliga qaytishi mumkin.
Oʻlchamlarning oʻzgarishini chambarak ichidagi gidravlik qismlar taʼminlaydi. Choʻziluvchan alkantara qoplamasi ularning holatiga moslashadi. Rul spoklarida uzatma almashtirish kurakchalari joylashgan: ular rul bilan birga tashqariga chiqadi va haydovchi ulardan foydalanmayotganda yana ichkariga kiradi.
Tizim sport rejimi tanlanganda avtomatik ravishda yoki alohida tugma orqali qoʻlda ishga tushirilishi mumkin. Shuningdek, uni haydovchi profili bilan bogʻlash taklif etilmoqda: bunda saqlangan sozlamalar yuklanganda chambarak shaklini oʻzgartiradi. Patent tavsifiga koʻra, gidravlika sovuq havoda rulni qoʻshimcha isitishi yoki poyga trassasida sovitishi ham mumkin.
Patentning oʻzi bu yechim seriyali avtomobillarda paydo boʻlishini anglatmaydi. Buning uchun marka konstruksiyaning xavfsizligi va tannarxini hali baholashi kerak.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
