Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi aviatashuvchi kemasi Yaqin Sharqqa yetib keldi

Eronning janubi-sharqida endi uchta aviatashuvchi jangovar guruhi bor

16-noyabr, 14:11По-русски

Read in English

interfax.ru

AQShning yadroviy aviatashuvchi kemasi USS Theodore Roosevelt Yaqin Sharqdagi CENTCOM hududiga kirdi. Bu haqda Axios AQSh vakiliga tayanib xabar berdi.

Yetib kelgan guruh tarkibiga USS Chosin raketa kreyseri, USS Paul Hamilton va USS Decatur esminetslari, shuningdek, Seahawk oʻrta hajmdagi uchuvchisiz kemasi (MUSV) kiradi. U radioelektron razvedka olib borish, suv usti va suv ostidagi vaziyatni kuzatish hamda oldindan ogohlantirish uchun moʻljallangan.

Eronning janubi-sharqidagi Arabiston dengizida USS George Washington va USS George Bush aviatashuvchi kemalari jangovar navbatchilikni oʻtamoqda. Ularning har birida 48 tadan qiruvchi samolyot joylashtirilgan. Eron yaqinida, shuningdek, bir kreyser, 11 ta raketa esminetsi va USS Miguel Keith ekspeditsion dengiz bazasi joylashtirilgan.

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining yana ikki esminetsi Qizil dengizda, toʻrttasi esa Oʻrta yer dengizining sharqiy qismida turibdi. AQSh Harbiy-dengiz instituti maʼlumotlariga koʻra, USS Theodore Roosevelt Yaqin Sharqda 19-avgustdan beri turgan USS George Washington oʻrnini egallashi taxmin qilinmoqda. AQSh uchta aviatashuvchi jangovar guruhning bir vaqtning oʻzida mavjudligini maʼlum muddat saqlab qoladimi yoki yoʻqmi, hozircha nomaʼlum.