Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

YI Wildberries asoschisi Tatyana Kimga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Yangi cheklovlar jami 145 ta kompaniya va jismoniy shaxsga taalluqli boʻladi

17-noyabr, 14:14По-русски

Read in English

Pavel Kashaev / Global Look Press / profile.ru

Sanksiyalar roʻyxati hozircha eʼlon qilinmagan. Avvalroq «Ozodlik radiosi» hujjat loyihasiga tayanib, YI Wildberriesʼni Rossiya armiyasi harbiy va ikki xil maqsadda qoʻllanadigan tovarlarni olishi mumkin boʻlgan kanal deb hisoblayotgani haqida yozgan edi.

EUobserver maʼlumotlariga koʻra, roʻyxat loyihasida Yandeks va Ozonning hamegasi Aleksandr Chachava, tadbirkor Ruslan Baysarov hamda Federatsiya Kengashi raisining oʻgʻli Sergey Matviyenko ham bor edi.

Odatda YI sanksiyalari Yevropa Ittifoqidagi aktivlarni muzlatishni, jismoniy shaxslar uchun esa Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlashni anglatadi. Barro, shuningdek, Fransiya 22-sanksiyalar paketining qabul qilinishiga erishishga intilishini aytdi. Ushbu paketga Rossiyaga benzin yetkazib berishga cheklovlar kiritilishi mumkin.