Si Szinpin APEC sammitida mintaqani savdoni kengaytirishga chaqirdi
XXR raisi savdo va investitsiya toʻsiqlarini olib tashlashni taklif qildi hamda Xitoy tariflarini pasaytirishga vaʼda berdi

U Osiyo-Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy farovonligi va barqarorligi uchun muloqot hamda hamkorlik zarurligini taʼkidladi. Xitoy rahbari, shuningdek, bir tomonlama choralar va proteksionizmga qarshi chiqib, ochiq iqtisodiyotni hamda koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi.
Xitoy mamlakatga sarmoya kiritayotgan va u yerda faoliyat yuritayotgan xalqaro kompaniyalar uchun yanada barqaror va oldindan bashorat qilinadigan sharoitlar yaratish maqsadida bojxona bojlarini pasaytirishni va oʻz bozoriga kirish imkoniyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. APEC sammiti 18 va 19 noyabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida boʻlib oʻtmoqda.



