Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Kinoteatrlar chipta savdosi maʼlumotlarini real vaqt rejimida uzatishga majbur boʻladi

2028-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonda ikkita tizim — chipta tizimi va Oʻzbekfilm onlayn platformasi — ishlab chiqilib, ishga tushiriladi. Kinoteatrlar birinchisiga majburiy ulanadi.

23-noyabr, 22:04По-русски

Read in English

Shavkat Mirziyoyev kinematografiya islohoti haqidagi farmonni 21 noyabr kuni imzoladi. Yagona kin chiptalari tizimi barcha kinoteatrlar va filmlarni namoyish etadigan boshqa tashkilotlardan seanslar, sotilgan chiptalar hamda tushum haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida oladi.

Milliy Oʻzbekfilm platformasiga davlat mablagʻlari hisobidan suratga olingan filmlar, shuningdek davlat arxivlaridagi kino merosi raqamli formatda bepul taqdim etiladi. Xususiy kinostudiyalar va mualliflarning ishlari shartnoma asosida joylashtiriladi.

Oʻzbekfilm studiyasi Madaniyat vazirligi taʼsischisi boʻladigan milliy kinokompaniyaga aylantiriladi. Unga milliy kino brendini targʻib qilish, loyihalarni moliyalashtirish va chiqarish, shuningdek mualliflik huquqlarini himoya qilish topshiriladi. Qoraqalpoqfilm ham milliy kinokompaniyaga aylantiriladi, uning taʼsischisi Qoraqalpogʻiston Madaniyat vazirligi boʻladi.

Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti huzurida Kinoshunoslar klubi tashkil etiladi. Kino arboblari ijodiy uyushmasi va Kinoindustriya vakillari uyushmasi Kino sohasi vakillari palatasiga birlashtiriladi.