Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentdan Astanaga va Olmaotaga reyslar sonini haftasiga 60 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda

Mamlakatlar oʻrtasidagi boshqa yoʻnalishlarda esa avvalgi 14 ta oʻrniga haftasiga 20 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat beriladi

6-noyabr, 11:30По-русски

Read in English

Photo by Kate Ibragimova on Unsplash

Muzokaralar Toshkentda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikka bagʻishlangan «Xitoy — Markaziy Osiyo» ishchi guruhi konferensiyasida boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston delegatsiyasiga Qozogʻiston Transport vazirligi Fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasi raisi Saltanat Tompiyeva, Oʻzbekiston delegatsiyasiga esa Oʻzbekiston Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshligʻi Jamoliddin Nazarov rahbarlik qildi.

Ishtirokchilar aviaqatnovlarning kengayishini parvozlarga talabning ortishi, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi biznes va turistik almashinuvlarning faollashgani bilan izohladi. Reyslar chastotasiga oid yangi cheklovlar eng koʻp talab qilinadigan yoʻnalishlarda taklif hajmini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.

Yana oʻqing