Oʻzbekistonda oʻzgaruvchan foiz stavkali kredit va omonatlarni rivojlantirish taklif qilinmoqda
Markaziy bank UZONIAga bogʻlangan kredit va depozitlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi

2027–2029-yillarga moʻljallangan pul-kredit siyosati loyihasida tartibga soluvchi organ oldindan kelishilgan formula asosida oʻzgarishi mumkin boʻlgan stavkali moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishni taklif qilmoqda. Hozir Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 14 foizni tashkil etadi, biroq uning oʻzgarishi bank kreditlari va omonatlari shartlarini avtomatik ravishda qayta koʻrib chiqishga olib kelmaydi.
UZONIA banklar oʻrtasidagi qisqa muddatli qarzlarning qiymatini aks ettiradi. Bunday modelda mahsulot boʻyicha stavka indikator qiymati va bankning belgilangan ustamasidan tarkib topishi mumkin. UZONIA oshsa, kredit boʻyicha toʻlovlar qimmatlashadi, pasaysa esa arzonlashishi mumkin.
Markaziy bank stavkalarning keskin oʻzgarishi qarz oluvchilarning qarzga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shu bois bu vositalarni bosqichma-bosqich joriy etish, shu bilan birga banklarni foiz xatarlarini boshqarishga oʻrgatish rejalashtirilmoqda. Loyiha, shuningdek, UZONIA bilan bogʻliq foiz svoplarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi.



