Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Markaziy bank: Oʻzbekistonda elektr stansiyalari quvvati oshdi, biroq tarmoqlar eskirgan

Faqat 2026-yil iyun–iyul oylarining oʻzida elektr tarmoqlarida qariyb 4000 ta avariya yuz berdi, elektr energiyasi yoʻqotishlari esa 17,2 foizga yetdi.

16-noyabr, 17:27По-русски

Read in English

Shutterstock

Oʻzbekiston elektr stansiyalarining quvvati 2021–2025-yillarda 50 foizga oshdi, biroq tarmoqlarning eskirgani va uzilishlar yangi quvvatlardan toʻliq foydalanishga xalaqit bermoqda. Bu haqda Markaziy bank loyihasida aytiladi.

2021–2025-yillarda elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvati 50 foizga oshdi. Biroq uskunalarning eskirgani, energiya yoʻqotishlari va tarmoqlarning cheklangan oʻtkazuvchanlik qobiliyati yangi quvvatlardan toʻliq foydalanish imkonini bermayapti, deya qayd etadi regulyator.

Faqat 2026-yil iyun–iyul oylarida elektr tarmoqlarida qariyb 4000 ta avariya yuz berdi, elektr energiyasi yoʻqotishlari esa 17,2 foizga yetdi. Ayrim hududlarda aholi va korxonalar 8–10 soat davomida elektr energiyasisiz qoldi. 2026-yil oktabr oyida Jahon banki tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga qiymati 371 mln dollar boʻlgan dastur haqida maʼlum qildi.

Markaziy bank bahosiga koʻra, uzilishlar biznes xarajatlarini oshiradi va narxlarga bosimni kuchaytirishi mumkin. Regulyator tariflarning oshirilishi xizmatlar sifatini yaxshilash va yoʻqotishlarni kamaytirish bilan birga borishi kerak, deb hisoblaydi; aks holda inflyatsiyani jilovlash uchun yuqori foiz stavkalari saqlanadigan davrni uzaytirishga toʻgʻri kelishi mumkin.