Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda qariyb 23 km uzunlikdagi avtobus koridori barpo etilmoqda

U Sergeli va Yunusobod tumanlarini bogʻlaydi

13-noyabr, 12:08По-русски

Read in English

Koridor toʻrtta koʻcha boʻylab oʻtadi. Shota Rustaveli koʻchasida 6,5 km uzunlikdagi qism allaqachon ishlamoqda. Shahrisabz koʻchasidagi 3,2 km yoʻlning 2,2 km qismi ishga tushirilgan. Amir Temur shohkoʻchasidagi 7,6 km uzunlikdagi qismda ishlar boshlandi, Yangi Sergelida esa yana 5,5 km yoʻl qurilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Yoʻnalish boʻylab elektron tablolar, kuzatuv kameralari va SOS tugmalari oʻrnatilgan zamonaviy bekatlar barpo etiladi. Avtobuslar chorrahalarda kamroq toʻxtashi uchun svetoforlar “yashil toʻlqin” tizimiga oʻtkaziladi.

Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Shota Rustaveli koʻchasida BRT ishga tushirilganidan soʻng avtobuslar tezligi 45 foizga, yengil avtomobillar tezligi esa 18 foizga oshgan. Jamoat transporti yoʻlovchilarining kunlik soni qariyb 8 ming kishiga koʻpaygan.

Butun loyihani yakunlash muddati hozircha eʼlon qilinmagan.