AQShda oʻlim jazolarini ijro etishni tezlashtirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻlim jazosi haqidagi hukmlarni ijro etishni tezlashtirish rejalari borligini maʼlum qildi. Shuningdek, u politsiyani kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar ajratilishini aytdi.

AQShda Tramp Adliya vazirligida nutq soʻzlab, idorani bolalarga qarshi jinoyatlar, shuningdek, zoʻravonlik va odam savdosi bilan bogʻliq qotilliklar uchun sudlanganlarga nisbatan oʻlim jazosini talab qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, u hududlardagi politsiya boʻlinmalarini kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar yoʻnaltirilishini maʼlum qildi. Bu mablagʻlar 1 000 nafardan ortiq xodimni ishga olish imkonini beradi.
Tramp, shuningdek, Kaliforniya gubernatori Geyvin Nyusomning 540 dan ortiq mahbusga chiqarilgan oʻlim jazosi haqidagi hukmlarni muddatidan oldin ozod qilish huqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini tanqid qildi. AQSh prezidenti shtat rasmiylari shu tariqa mahkumlar manfaatlarini halok boʻlganlar oilalarining huquqlaridan ustun qoʻyayotgan deb hisoblaydi.
Nyusom bu qarorni oʻlim jazosi Kaliforniyaning axloqiy tamoyillariga mos kelmasligi bilan izohlagan. Shtatda bunday hukmlar 2006-yildan beri ijro etilmayapti. Shu bilan birga, avvalgi referendumlarda aholining koʻpchiligi oliy jazoni saqlab qolishni yoqlagan.



