Maykl Jeksonning «Thriller» klipidagi kurtkasi 8,5 mln dollarga kimoshdi savdosiga qoʻyildi
Julienʼs Auctions kimoshdi savdosiga pop qiroli garderobidan 100 dan ortiq buyumni qoʻydi

Julienʼs Auctions kimoshdi savdo uyi Michael Jackson: The Fashion Legacy kolleksiyasini taqdim etdi. Unga Maykl Jeksonning garderobi va aksessuarlaridan 100 dan ortiq buyum kiritilgan. Savdo 9 noyabrda boshlandi, yakuniy sotuv esa 7 dekabr kuni Abu-Dabida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Asosiy lotlardan biri xonanda mashhur «Thriller» klipida kiygan qizil-qora charm kurtka boʻldi. Maqola eʼlon qilingan paytda uning uchun eng yuqori taklif 8,5 mln dollarga yetdi.
Boshqa mashhur buyumlar qatorida Jekson 1983 yilda televizion auditoriyaga oʻzining afsonaviy «oy yurishi»ni ilk bor namoyish etganida kiygan, rinstones bilan bezatilgan oq qoʻlqop ham bor. Aksessuar uchun 300 ming dollar taklif qilindi, holbuki uning dastlabki bahosi 600–800 ming dollar deb koʻrsatilgan.
Kolleksionerlarga, shuningdek, artist 1981 yilda American Music Awards marosimida kiygan rinstones bilan bezatilgan koʻylak, Bad jahon gastrol safaridan kurtka va 1989 yilda oʻtkazilgan taqdirlash marosimidan olingan kumush kamar ham taklif qilindi. Koʻylak va kurtkaning har biri 20–40 ming dollarga baholanmoqda.
Maykl Jekson merosiga qiziqish musiqa industriyasidan tashqarida ham saqlanib qolmoqda: uning sahna obrazlari butun dunyodagi kolleksionerlar va muxlislar eʼtiborini jalb etishda davom etmoqda.
Yana oʻqing

Hunter Schafer va serial yaratuvchisiga koʻra, «Blade Runner 2099» faqat SI haqida emas
Madaniyat26-noyabr, 12:23
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi oldindan sotuvlari 100 mln dollardan oshdi
Madaniyat26-noyabr, 12:06
