Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi
Iordaniya qiroli Abdulla II Ammanda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga rasmiy qabul uyushtirdi. Tomonlar besh yoʻnalishda hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Iordaniya qiroli Abdulla II Ammandagi «Al-Husayniya» saroyida qabul marosimini uyushtirdi. Shavkat Mirziyoyev va uning turmush oʻrtogʻini qirol hamda qirolicha Raniya kutib oldi. Marosimda Oʻzbekiston va Iordaniya madhiyalari yangradi, davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Muzokaralarda qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, toʻqimachilik, konchilik va kimyo sanoati sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, uchrashuv yakunlari boʻyicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.



