Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Toshkentda Markaziy Osiyoda hayotiy muhim xomashyoni tashish masalasi muhokama qilindi

Seminarda mintaqadagi konchilik korxonalari vakillari ishtirok etdi

6-noyabr, 14:41По-русски

Read in English

Xalqaro seminarda Markaziy Osiyo korxonalari, xalqaro tashkilotlar, tegishli idoralar va kompaniyalar, jumladan, «NKMK» AJ, «AGMK» AJ hamda «UzTMK» AJ ishtirok etdi.

Asosiy masalalarni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining oʻrinbosari R. Yusupov belgilab berdi. U, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan «Markaziy Osiyoda sanoat uchun hayotiy muhim minerallarni boshqarish xavfsizligi va shaffofligini oshirish» loyihasi doirasidagi hamkorlikni qayd etdi.

Vazirlik, «UzTMK» AJ va xorijiy kompaniyalar vakillari yangi loyihalar doirasida oʻz tashabbuslarini taqdim etdi. Seminar Markaziy Osiyo mamlakatlarining mineral-xomashyo resurslarini izlash va qayta ishlash sohasidagi fikr almashinuvi hamda hamkorlikni mustahkamlash uchun maydon boʻladi.

Yana oʻqing