FIFAga qarshi jinoiy kiberhujum tafsilotlari maʼlum boʻldi
Hakerlar FIFAning yopiq maʼlumotlariga kirib, qariyb 12 GB axborotni oʻgʻirladi. Tashkilot sizib chiqish maʼlumotlarning 0,1 foiziga taʼsir qilganini bildirdi.

Oʻgʻirlangan maʼlumotlar orasida shaxsiy maʼlumotlar, immigratsiya hujjatlari, rahbariyatga oid maʼlumotlar, moliyaviy va huquqiy materiallar, ichki tizim yozuvlari hamda skrinshotlar bor. FIFA bu faqat shaxsiy va tijoriy maʼlumotlarning cheklangan hajmiga taalluqli ekanini taʼkidladi.
Tashkilot bahosiga koʻra, yopiq Forward Enterprise (FFE) loyihasi maʼlumotlariga zarar yetmagan. FIFA undan oʻz turnirlariga boʻlgan tijoriy huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga berish strategiyasida foydalanishni rejalashtirgan.
Federatsiya sizib chiqish boshqa odamlar qiyofasiga kirgan xakerlar harakati natijasi boʻlganini, bunga texnik nosozlik sabab boʻlmaganini bildirdi. Hozircha hujumchilar FIFA rahbari Gianni Infantino haqida maʼlumot olishga uringan-urinishmagani aniqlanmagan. Tashkilot hujum umuman oʻziga qaratilgan, alohida xodimlarga emas, deb hisoblaydi.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
