Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

GAO chatbotlarni tekshirdi: ayrim elektr tarmoqlariga hujum rejalari ish berishi mumkin edi

Government Accountability Office (GAO) toʻrtta mashhur chatbotni tekshirdi: 12 soat ichida barchasi AQSh infratuzilmasiga hujum tayyorlashga yordam berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni berdi.

19-noyabr, 11:01По-русски

Read in English

businessinsider.com

Tadqiqotda OpenAIʼning ChatGPT, Anthropicʼning Claude, Googleʼning Gemini va xAIʼning Grok chatbotlari qatnashdi. Ikki xizmat elektr podstansiyalariga dronlar va oʻqotar qurollar yordamida hujum qilishni taklif etdi. Ular aniq obyektlar va uskunalarni koʻrsatdi, chatbotlardan biri esa taxminiy hujum videosini yaratib, dron turini tavsiya qildi.

GAO ekspertlari taklif etilgan ssenariylarni oʻrganib, mutaxassislar bilan maslahatlashdi va koʻrsatilgan obyektlarga bordi. Bir holatda chatbot toʻrtta podstansiyani ajratib koʻrsatdi: ulardan ikkitasi zaif boʻlib chiqdi. Ekspert koʻrsatilgan uskunaga zarar yetkazish elektr taʼminotining uzilishiga olib kelishi mumkinligini tasdiqladi. Shu bilan birga, maʼlumotlarning bir qismi xato edi: masalan, xizmatlardan biri yoʻllarni xaritada notoʻgʻri joylashtirdi.

Bundan tashqari, ikki chatbot AQShning yirik shaharlaridagi mehmonxona va kongress-markazga qarshi avtomobillarga joylashtirilgan portlovchi moddalar yordamida hujum qilish rejalarini tayyorladi. Barcha platformalar avval xavfli maʼlumotlarni berishdan bosh tortdi, biroq tadqiqotchilar bu cheklovlarni chetlab oʻta oldi. Kompaniyalar tizimlar himoyasini kuchaytirishda davom etayotganini bildirdi. Sinovlar 2026 yil bahorida chatbotlarning avvalgi versiyalarida oʻtkazildi.