Oʻzbekistonda AQShning ikki mashhur telekoʻrsatuvini suratga olish rejalashtirilmoqda
2027-yilda Oʻzbekiston The Amazing Race va Expedition Unknown teleloyihalari uchun suratga olish maydoniga aylanishi mumkin

Dastlabki kelishuvlarga Los-Anjelesda oʻtkazilgan American Film Market kinobozorida erishildi, deb xabar berdi Turizm qoʻmitasi.
The Amazing Race — CBS telekanalining mashhur realiti-shousi boʻlib, unda ishtirokchilar turli mamlakatlar boʻylab sayohat qiladi, topshiriqlarni bajaradi va oʻzaro bellashadi. Dastur efirga chiqa boshlaganidan beri 15 ta «Emmi» mukofotini qoʻlga kiritgan.
Discovery telekanalining ikkinchi loyihasi — Expedition Unknown sayohatlar, qadimgi sivilizatsiyalar va tarixiy jumboqlarga bagʻishlangan. Uning boshlovchisi Josh Geyts butun dunyodagi arxeologik yodgorliklar va kam tanilgan joylarni oʻrganadi.
Oʻzbekiston hukumati suratga olish ishlari xorijlik tomoshabinlarni mamlakatning tarixiy shaharlari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishga, shuningdek, yangi sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Suratga olishning aniq sanalari va joylari hozircha eʼlon qilinmagan. Kelishuvlar dastlabki bosqichda qolmoqda.
Yana oʻqing

Hunter Schafer va serial yaratuvchisiga koʻra, «Blade Runner 2099» faqat SI haqida emas
Madaniyat26-noyabr, 12:23
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi oldindan sotuvlari 100 mln dollardan oshdi
Madaniyat26-noyabr, 12:06
