Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Darth Vaderning yorugʻlik qilichi rekord darajadagi $4,875 mln ga sotildi

Avval «Yulduzlar jangi» bilan bogʻliq hech bir buyum buncha qimmatga tushmagan

16-noyabr, 21:48По-русски

Read in English

news.mail.ru

AQShdagi Heritage Auctions auktsion uyi Darth Vaderning yorugʻlik qilichini $4,875 mln ga sotdi.

Savdo $1 mln dan boshlandi, biroq yakuniy taklif boshlangʻich narxdan qariyb besh baravar yuqori boʻldi. Bungacha rekord «Imperiya qarshi zarba beradi» filmida Luke Skywalker foydalangan yorugʻlik qilichiga tegishli edi: u xuddi shu auktsionda $3,75 mln ga sotilgan.

Qilich ikki filmda — «Imperiya qarshi zarba beradi» (1980) va «Jedaylarning qaytishi» (1983) — ishlatilgan. Kadrda uni Vader rolini ijro etgan David Prowse va uning dublorlari ushlab turgan.