Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Tibbiy yordam uchun Oʻzbekistonga: xorijlik bemorlar qaysi davlatlardan keladi

2026-yil yanvar–oktabr oylarida 61 736 nafar xorijlik tibbiy yordam olish uchun Oʻzbekistonga keldi. Ularning qariyb 78 foizi Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari edi.

18-noyabr, 23:12По-русски

Read in English

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp bemor Tojikistondan kelgan — 29 805 kishi. Qirgʻiziston Respublikasidan 18 270 kishi, Qozogʻistondan esa 9 590 kishi kelgan.

Shuningdek, Afgʻoniston, Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolari Oʻzbekistonda tibbiy yordam olgan. Oqimning asosiy qismini qoʻshni davlatlar taʼminlagan.