Fordʼda batareyalarni sinovdan oʻtkazadigan alohida jamoa bor. U yacheykalardagi nosozliklarni oʻrganadi
Fordʼda akkumulyator yacheykalari ishdan chiqishining sabablarini oʻrganadigan va ularning qizib ketish, zarba hamda boshqa yuklamalarga chidamliligini tekshiradigan jamoa ishlaydi.

Jamoa batareyalarni ishlab chiqish jarayonida boshidanoq qatnashadi, yaʼni faqat tayyor yacheykalarning zaif joylarini izlash bilan cheklanmaydi. Ford kompaniyasining batareyalarni ishlab chiqish boʻyicha global bosh muhandisi Uesli Tibo soʻzlariga koʻra, mutaxassislar nosozliklarni fizik jarayonlar darajasida modellashtiradi va yoʻlovchilarga zarar yetishining oldini olish yoʻllarini izlaydi.
Ford BlueOval Battery Park Michigan zavodida CATL texnologiyasi asosida litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishni boshladi. Yacheykalar kompyuter tomografiyasi, rentgen, lazerlar, kameralar va sunʼiy intellekt tizimlari yordamida tekshiriladi. Tayyor batareya bloklari avtomobillarning yoʻllarda koʻp yillar yurishini taqlid qiladigan gidravlik stendda sinovdan oʻtkaziladi.
Bu batareyalar Ford Fathom pikapi uchun moʻljallangan. Kompaniya uning ishlab chiqarilishini keyingi yil oxirigacha boshlashni rejalashtirmoqda.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
