Oʻzbekistonda oktabr oyida eskrou orqali 33 mingta bitim rasmiylashtirildi
16 mingta shartnoma koʻchmas mulkka, yana shuncha shartnoma transport vositalariga toʻgʻri keldi

Bir oy ichida eskrou hisobvaraqlari orqali koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini oldi-sotish boʻyicha 33 631 ta shartnoma rasmiylashtirildi. Turar joy va noturar joy segmentlarida 16 893 ta bitim tuzildi — bu sentabr oyidagidan 182 ta shartnoma yoki 1,1 foizga koʻp. Yana 16 738 ta operatsiya transport vositalari bozoriga toʻgʻri keldi.
Eng koʻp bitim Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazildi — 10 674 ta yoki mamlakat boʻyicha umumiy sonning 31,7 foizi. Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston jami operatsiyalarning 68,3 foizini tashkil etdi. Fargʻona viloyatida 3 121 ta, Samarqand viloyatida 2 933 ta, Namangan viloyatida 2 179 ta bitim rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, tijorat banklari oktabr oyida 6 509 ta operatsiya haqida maʼlumot taqdim etdi. Shundan 3 555 tasi koʻchmas mulk oldi-sotuviga, 2 954 tasi esa avtotransport vositalarini xarid qilishga tegishli boʻlgan.



