Kreml Ukrainada xorijiy harbiy kontingentlarni joylashtirishni nomaqbul deb atadi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainada xorijiy harbiy kontingentlarni joylashtirishni mutlaqo nomaqbul deb hisoblashlarini aytdi.
25-noyabr, 17:37По-русски

ria.ru
Peskov Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning Ukrainaga NATO qoʻshinlarini kiritish haqidagi taklifiga javob berdi.
U Jonsonni «aslo tinchlikparvar boʻlmagan kayfiyatdagi» inson deb atadi va u 2022 yilda Ukrainadagi urushni toʻxtatishga xalaqit berganini aytdi. Peskovning soʻzlariga koʻra, Rossiyada Yevropa poytaxtlari va Bryusseldan Ukraina hududiga harbiy kontingentlarni joylashtirish rejalari haqidagi bayonotlarni bir necha bor eshitishgan.



