Jonni Depp ishtirokidagi «Skruj» filmi jahon kinoprokatida yetakchilik qildi
Film debyut dam olish kunlarida 42 mln dollar daromad keltirdi

Jonni Depp bosh rolni ijro etgan yangi «Skruj» filmi jahon kinoprokatida birinchi oʻrindan start oldi. Paramount Pictures maʼlumotlariga koʻra, film debyut dam olish kunlarida 42 mln dollar ishlab topdi. Bu summa filmning ishlab chiqarish budjetidan allaqachon oshib ketgan.
Film Charlz Dikkensning «Rojdestvo qoʻshigʻi» qissasi asosida suratga olingan. Depp Rojdestvo arafasida oʻtmish, bugun va kelajak arvohlariga duch keladigan ziqna boy Ebenizer Skruj obrazini gavdalantirgan. Rejissor — «Perl» va «Maksin XXX» filmlari bilan tanilgan Tay Uest.
Bu Depp ishtirokidagi soʻnggi sakkiz yil ichida kinoprokatda yetakchilik qilishga muvaffaq boʻlgan ilk studiya filmidir. Ember Xerd bilan sud jarayonidan keyin aktyor Gollivudning yirik loyihalarida deyarli koʻrinmay qoldi. Uning katta ekranga qaytishi 2023 yilda «Janna dyu Barri» tarixiy dramasi bilan yuz berdi.
Yana oʻqing

Hunter Schafer va serial yaratuvchisiga koʻra, «Blade Runner 2099» faqat SI haqida emas
Madaniyat26-noyabr, 12:23
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi oldindan sotuvlari 100 mln dollardan oshdi
Madaniyat26-noyabr, 12:06
