Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

«Voyager-1» Yerga oid apparatlar orasida birinchi boʻlib bir yorugʻlik kuni masofasiga yetib bordi

NASA hisob-kitoblariga koʻra, 18-noyabr kuni «Voyager-1» Yerdan taxminan 25,9 mlrd kilometr uzoqlashdi — bu masofani radio signali 24 soatda bosib oʻtadi.

18-noyabr, 17:39По-русски

Read in English

habr.com

Apparat bu chegaraga Toshkent vaqti bilan soat 15:16 da yetdi. Insoniyat yaratgan boshqa hech bir obyekt bundan avval Yerdan bunchalik uzoqlashmagan. Taqqoslash uchun, Quyoshdan Yerga yorugʻlik taxminan sakkiz daqiqa-u 20 soniyada yetib keladi.

Bunday masofa aloqa kechikishini ham belgilaydi. Yerdan yuborilgan buyruq zondga taxminan bir sutkada yetib boradi, javob signali uchun ham shuncha vaqt kerak boʻladi. Shu bois muhandislar yuborilgan koʻrsatmaning natijasini taxminan ikki sutkadan keyin bilib oladi.

«Voyager-1» 1977-yilda uchirilgan. Oradan qariyb yarim asr oʻtgan boʻlsa-da, u radioaloqa kanali orqali maʼlumot uzatib, ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda. Uning kameralari 1990-yilda soʻnggi suratlar turkumi olinganidan keyin oʻchirib qoʻyilgan. Bu suratlar orasida Yerning «Xira moviy nuqta» nomi bilan mashhur fotosurati ham bor edi.

Dasturning ikkinchi apparati — «Voyager-2» uchirilganidan keyin boshqa trayektoriya boʻylab yoʻl oldi va Uran hamda Neptunni tadqiq qildi. NASA bahosiga koʻra, u Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasiga 2035-yil noyabrida yetib boradi.