Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Samarqandda kiberjinoyatlar sabab fuqarolar qariyb 50 mlrd soʻm zarar koʻrdi

Qayd etilgan jinoyatlarning 94 foizi bank kartalaridan pul oʻgʻirlash bilan bogʻliq

6-noyabr, 11:29По-русски

Read in English

Photo by Yumi Kim on Unsplash

2026-yil yanvar–sentabr oylarida Samarqand viloyatida 6 718 ta kiberjinoyat qayd etilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Komiljon Gʻafforov maʼlum qildi. Gʻafforovning soʻzlariga koʻra, qayd etilgan jinoyatlarning 94 foizi fuqarolarning bank kartalaridan pul oʻgʻirlash bilan bogʻliq boʻlgan. Gap kiberm firibgarlik va kiberoʻgʻrilik holatlari haqida bormoqda.

Jinoyatchilar fishing havolalari va zararli dasturlar orqali bank kartalari yoki qurilmalarga kirish imkoniga ega boʻlgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo jarayonida aldov yoʻli bilan, soxta treyding va onlayn birjalarga mablagʻ kiritish takliflari yordamida pul undirib olingan. Ayrim holatlar mikrozaym va kreditlarni rasmiylashtirish, shuningdek, soxta qoʻngʻiroqlar orqali SMS-kodlarni qoʻlga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan.

Viloyat xalq deputatlari Kengashi sessiyasida Gʻafforov bank kartalari bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha jami zarar 49 milliard 887 million soʻmni tashkil etganini maʼlum qildi. Fuqarolarga ushbu summaning 36 foizi qoplab berilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qolgan mablagʻlarni qaytarish choralarini koʻrmoqda.

Yana oʻqing