Oʻzbekistonda toʻqqiz oyda 1,1 ming km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi
Ularning 96,2 foizi qishloq joylariga toʻgʻri keldi
16-noyabr, 15:42По-русски

Shu davrda qishloq joylarda 1 062,6 km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
Eng koʻp yangi tarmoqlar Samarqand viloyatida barpo etildi — 575,1 km. Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu koʻrsatkich 198,8 kmni, Jizzax viloyatida esa 167,2 kmni tashkil etdi.
Fargʻona viloyatida foydalanishga topshirilgan tarmoqlarning uzunligi 92 kmga, Qashqadaryo viloyatida 45,6 kmga, Andijon viloyatida esa 25,9 kmga yetdi.



