Oʻzbekistonliklar taʼlimga qariyb 35 trln soʻm yoʻnaltirdi
2026-yil yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trln soʻmni tashkil etdi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19,6 foizga koʻp.
25-noyabr, 16:38По-русски
Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, shu davrda taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 34,8 trln soʻmga yetib, yillik hisobda 19,6 foizga oshgan.
Xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan — 18,6 trln soʻm. Keyingi oʻrinlarda 2,3 trln soʻm bilan Samarqand viloyati va 2,1 trln soʻm bilan Fargʻona viloyati turadi.



