Mish-mishlarga koʻra, iPhone 20 Pro yangi asosiy kamera sensori va ISPʼga ega boʻladi
Apple iPhoneʼning 20 yilligi munosabati bilan ushbu modelni taqdim etishi mumkin

Ice Universeʼning soʻzlariga koʻra, Apple yangi sensorni tasvir signalini qayta ishlashning yangilangan protsessori — ISP bilan birlashtiradi. Insayder yangi 17 nm chipset fotosuratlar va videolarni qayta ishlashda aynan qanday oʻzgarishlar berishini oshkor qilmadi.
Insayder Ice Universeʼning taʼkidlashicha, kelasi yili taqdim etiladigan iPhone 20 Pro yangi asosiy kamera sensori va tasvirlarni qayta ishlash uchun 17 nm chipsetga ega boʻladi.
Qator yubileyga bagʻishlangan boʻlishi kutilmoqda: Apple uni iPhoneʼning 20 yilligi munosabati bilan taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, iPhone 20 Proʻda sentyabr oyida taqdim etilgan iPhone 18 Pro qatorida ilk bor paydo boʻlgan oʻzgaruvchan diafragmali asosiy kamera, ehtimol, saqlanib qoladi. Sensor va ISP yangilanishi tasvirlar hamda videolarni qayta ishlashga taʼsir qilishi kutilmoqda, biroq kamera xususiyatlari hozircha nomaʼlum.
Boshqa sizib chiqqan maʼlumotlarga koʻra, ikkala smartfon ham toʻrt tomoni boʻylab egilgan kattaroq ekranlarga ega boʻladi. Shuningdek, ularda yaxshilangan sovitish tizimi va iPhone Airʼda qoʻllanadigan ramkaga oʻxshash ramka boʻlishi aytilmoqda.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
