AQShda sud hayʼati Huaweiʼni tijoriy sirlarni oʻgʻirlashda aybdor deb topdi, biroq reket ishi boʻyicha oqladi
Amerikalik sud hayʼati Huaweiʼni tijoriy sirni oʻgʻirlash va banklarga qarshi firibgarlikda aybdor deb topdi, biroq reket ayblovi boʻyicha oqladi. Kompaniya huquqbuzarliklarni rad etmoqda va hukmlar ustidan shikoyat qiladi.

Hukm AQSh Federal okrug sudining Nyu-York Sharqiy okrugi boʻyicha sudida 11 hafta davom etgan jarayondan soʻng chiqarildi. AQSh rasmiylari Huaweiʼga qarshi ayblovlarni ilk bor 2019-yil yanvarida ilgari surgan, keyinchalik esa ularning roʻyxatini kengaytirgan.
Kompaniya reket haqidagi modda boʻyicha oqlangani ushbu ayblovlar uchun faktik asoslar yoʻqligini tasdiqlashini bildirdi. Huawei AQSh hukumatining qolgan daʼvolarini ham asossiz deb hisoblaydi.
Prokuror Meredit Arfa Huawei rahbarlari va yuqori lavozimli menejerlari Kongress hamda banklarga yolgʻon gapirganini, AQSh sanksiyalarini buzganini va tergovga aralashishga uringanini taʼkidladi. Kompaniya huquqbuzarliklarga aloqadorligini rad etmoqda.
Advokat Brayan Heberlig ayblov ishoralar, kontekstdan uzib olingan faktlar va hisob-kitob qilishga intilgan sobiq xodimlarning koʻrsatmalariga asoslanganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSh oʻgʻirlangan deb hisoblayotgan materiallarning katta qismi allaqachon ochiq manbalarda mavjud boʻlgan. Huawei oʻziga chiqarilgan ayblov hukmlari ustidan shikoyat qilmoqchi.



