Xakerlar JPMorgan, Visa va Mastercard foydalanuvchilari maʼlumotlarini sizdirdi
n0n tovlamachilar guruhi JPMorgan, Visa va Mastercardʼning minglab mijozlari maʼlumotlari sizdirilgani uchun javobgarlikni zimmasiga olganini bildirdi. Kompaniyalar toʻlov maʼlumotlari sizdirilganini rad etdi.

Kompaniyalar vakillariga koʻra, tajovuzkorlar marketingga oid maʼlumotlar — ismlar va elektron pochta manzillarini qoʻlga kiritgan. Sizdirilish uchinchi tomon xizmat platformalaridagi zaiflik orqali yuz bergan, moliyaviy tashkilotlarning oʻz tizimlarida bevosita sodir boʻlmagan.
JPMorgan Chase, Visa va Mastercard mijozlarning toʻlov maʼlumotlariga taʼsir qilinmaganini ham bildirdi. JPMorgan Chase shu hafta boshida ayrim mijozlarga xizmat koʻrsatishdagi uzilishlar haqida xabar berilgani bilan bu hodisa bogʻliqligini alohida rad etdi.
ZeroFox Intelligence kompaniyasi bahosiga koʻra, n0n ikki tomonlama tovlamachilik sxemasidan foydalanadi: fayllarni blokdan chiqarish va oʻgʻirlangan maʼlumotlarni keyinchalik eʼlon qilmaslik uchun pul talab qiladi. Guruh sentabrda paydo boʻlgan va shundan beri kuniga oʻrtacha ikkita kiberhujum uyushtirib, ZeroFox tuzgan eng faol beshta guruh roʻyxatidan joy olgan.



