Qozogʻiston Xitoy bilan ikkinchi AES boʻyicha muzokaralarni boshladi
Loyihani 2035-yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda
6-noyabr, 12:22По-русски

MaxZolotukhin / Shutterstock
Muloqot jarayoni haqida Energetika vaziri Erlan Akkenjenov maʼlum qildi. Qozogʻiston va Xitoy Milliy yadro korporatsiyasi «Moyinkum» obyektini qurish boʻyicha kelishuv shartlari hamda qurilish muddatlarini muvofiqlashtiradi.
Almati viloyatida mamlakatdagi birinchi «Balxash» AESini qurish rejalashtirilmoqda. 2026-yil sentyabrida «Rosatom» va «Qozogʻiston atom elektr stansiyalari» tashkiloti umumiy quvvati 2,4 GVt boʻlgan ikkita energiya bloki qurilishi boʻyicha shartnoma imzoladi. Ishlarni 2027-yilda boshlash moʻljallangan.
Avvalroq Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov AESlar uchun davlatning strategik uran zaxirasini yaratishni topshirgan edi.



