Oʻzbekiston 2027 yilda sayohat uchun eng xavfsiz 30 davlat qatoridan joy oldi
Oʻzbekiston 2027 yilgi sayohat xavfsizligi reytingida 27-oʻrinni egallab, xavfsizlik darajasi juda yuqori boʻlgan davlatlar toifasiga kirdi.
25-noyabr, 18:20По-русски

Reytingni tuzishda tinchlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda ichki xavfsizlik hisobga olingan. Bu haqda Turizm qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qozogʻiston 44-oʻrinni, Turkmaniston 57-oʻrinni, Qirgʻiziston 65-oʻrinni, Tojikiston esa 73-oʻrinni egalladi. Reyting yetakchilari Singapur, Yaponiya va Islandiya boʻldi, oxirgi oʻrinni esa Gaiti egalladi.



