RAYE «Grammy-2027» nominantlari roʻyxatida 11 ta nominatsiya bilan yetakchilik qildi
Britaniyalik xonanda RAYE musiqiy mukofotning asosiy daʼvogariga aylandi va ROSALÍA, Olivia Rodrigo hamda boshqa yulduzlarni ortda qoldirdi.

Amerika Ovoz Yozuv Akademiyasi 69-«Grammy» mukofoti nominantlarini eʼlon qildi. RAYE 11 ta nominatsiya bilan yetakchilik qildi. Undan keyingi oʻrinni toʻqqizta nominatsiya bilan ROSALÍA egalladi, Ella Langley, Miranda Lambert, Olivia Rodrigo va Phoebe Bridgers esa har biri yettita nominatsiyadan oldi.
Bruno Mars, Leon Thomas va Olivia Dean olti nominatsiyadan qoʻlga kiritdi. Eng yaxshi yangi ijrochi unvoni uchun daʼvogarlar qatoridan Don Toliver, Remi Wolf, Slayyyter va Geese guruhi joy oldi.
Bu yil Beyoncé faoliyati davomida 100 ta nominatsiya marrasiga yetdi. Bundan tashqari, BLACKPINK guruhidan Jennie Tame Impala bilan «Dracula» qoʻshigʻi ustida birgalikda ishlagani tufayli ilk bor «Yil yozuvi» toifasida «Grammy» uchun kurashadi.
Mukofot topshirish marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Translyatsiya ABC, Disney+ va Hulu kanallarida namoyish etiladi.
Yana oʻqing

Hunter Schafer va serial yaratuvchisiga koʻra, «Blade Runner 2099» faqat SI haqida emas
Madaniyat26-noyabr, 12:23
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi oldindan sotuvlari 100 mln dollardan oshdi
Madaniyat26-noyabr, 12:06
