Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni eʼlon qildi

Ushbu sovrin uchun Lionel Messi, Lamine Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi deb Usman Dembele topilgandi.

18-noyabr, 21:06По-русски

Read in English

sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp tilga olingan klub — «PSJ»: parijliklar safidan sakkiz nafar nomzod bor. Ular — Usman Dembele, Desire Doue, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya.

«Barselona»dan toʻrt nafar futbolchi daʼvogar: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamine Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — taqdim etadi. «Arsenal»dan yana uch nafar nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise)dan ikkitadan nomzod kiritilgan. Qolgan klublarning har biridan bittadan futbolchi nomzod boʻlgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandes, «Liverpul»dan Dominik Soboslai va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.