Anthropic IPOsidan keyin Eshton Kutcher oʻta boylar maqomiga yaqinlashdi
Anthropic IPOsidan keyin Eshton Kutcher uning asoschilaridan biri boʻlgan Sound Ventures ulushi Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, taxminan 7 mlrd dollarga baholanmoqda. Aktyorning oʻzi qancha mablagʻ olishi nomaʼlum.

Anthropic kompaniyasi birjada debyut qilganidan keyin Sound Ventures investitsiyalari qiymati 1 500 foizdan koʻproqqa oshdi, fondning kompaniyadagi ulushi esa 0,5 foizni tashkil etdi. Fond 2023-yildan buyon sunʼiy intellekt ishlab chiquvchisiga 435 mln dollar sarmoya kiritgan, hozir esa uning paketi taxminan 7 mlrd dollarga baholanmoqda.
Kutcher Sound Venturesʼni musiqa menejeri Guy Oseary bilan birgalikda tashkil etgan. Shu bilan birga, fond uchinchi tomonlarning mablagʻlarini ham boshqaradi, shuning uchun Kutcherning oʻzi olishi mumkin boʻlgan toʻlov miqdori aniqlanmagan. Uning boyligi allaqachon 500 mln dollardan oshgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmagan.
Kutcher Sound Ventures orqali Spotify, Uber, Bitcoin va Airbnbʼga ham sarmoya kiritgan. Fond Hugging Face kompaniyasiga Nvidia uni sotib olishidan oldin investitsiya qilgan. Shu yil avvalroq Kutcher oʻzining Decimal Capital venchur kompaniyasini ishga tushirdi va Sound Venturesʼning katta maslahatchisi sifatidagi rolini saqlab qoldi. U Decimal Capitalʼni Andreessen Horowitzʼning sobiq hamkori Morgan Beller bilan birga tashkil etgan.
Yana oʻqing

Hunter Schafer va serial yaratuvchisiga koʻra, «Blade Runner 2099» faqat SI haqida emas
Madaniyat26-noyabr, 12:23
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi oldindan sotuvlari 100 mln dollardan oshdi
Madaniyat26-noyabr, 12:06
