Chorshanba, 11-noyabr 2026-yil
Pul

Kreditlar va mikrozayomlar reklamasida endi xavflar haqida ogohlantirish berilishi shart

Yangi qonunga koʻra, xavflar haqidagi maʼlumot reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallashi kerak

11-noyabr, 13:51По-русски

Read in English

Shutterstock

Oʻzbekistonda moliyaviy va sugʻurta xizmatlari reklamasini tartibga soluvchi «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunga kiritilgan oʻzgartishlar kuchga kirdi. OʻRQ-1187-son hujjat 2026-yil 10-noyabrdan amal qiladi.

Kreditlar va mikrozayomlar reklamasida endi moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xavflarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilishi kerak. Bunday ogohlantirish reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallashi lozim.

Aholi va tadbirkorlarning sugʻurta savodxonligini oshiradigan maʼlumotlar ijtimoiy axborot toifasiga kiritildi. Tegishli sohalarning vakolatli organlari ham ijtimoiy axborot reklama beruvchilari qatoriga qoʻshildi.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilindi.