Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Biznes

Antimonopoliya qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlar reklamalarini tekshirishni kengaytirdi

Kuzatuvdagi 110 nafar muallifdan 12 nafari boʻyicha maʼmuriy bayonnomalar tuzildi

9-noyabr, 15:09По-русски

Read in English

Photo by Jana Shnipelson on Unsplash

Antimonopoliya qoʻmitasi blogerlar va internetdagi boshqa faol shaxslarning «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunga rioya etishini tekshirayotgani haqida maʼlum qildi. Kundalik monitoringga 110 nafar blogerning sahifalari kiritilgan.

Tekshiruvlar natijasida idora qonunchilikka zid reklama joylashtirgan 12 nafar muallifni aniqladi. Ularning har biri boʻyicha maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan, biroq blogerlarning ismlari, qoidabuzarliklar mazmuni va tayinlangan jazo oshkor etilmayapti.

Qoʻmita qonun talablari reklama faoliyatining barcha ishtirokchilariga taalluqli ekanini bildirdi. Idora, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida reklama joylashtiradigan taniqli qoʻshiqchilar, sportchilar va aktyorlarni ham kuzatuv roʻyxatlariga kiritishni rejalashtirmoqda.

Yana oʻqing