Tesla Berlindagi gigafabrikada Cybercab uchun €3 mlrd sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Yangi bino 2029-yildan boshlab yiliga 1 mln tagacha Cybercab ishlab chiqarishi kerak

Tesla Berlin yaqinidagi Gryunhayde shahrida joylashgan Gigafactoryʼni kengaytirishga €3 mlrd yoʻnaltiradi. Bu kompaniyaning avtomobillar ishlab chiqaradigan yagona Yevropa korxonasi hisoblanadi. Sarmoya hozirgi asosiy binodan taxminan ikki baravar katta yangi ishlab chiqarish korpusi va oqova suvlarni tozalash inshootlarini oʻz ichiga olgan qoʻshimcha infratuzilma qurilishiga sarflanadi.
Kompaniya qurilish ruxsatnomasini olish uchun arizani 2026-yil oxirigacha topshirishni rejalashtirmoqda. Ishlar 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi, Cybercab ishlab chiqarishi esa 2029-yilda yoʻlga qoʻyilishi kerak. Yangi korpus toʻliq quvvatga chiqqach, yiliga 1 mln tagacha avtomobil ishlab chiqara oladi. Shu bilan birga, zavod Model Y ishlab chiqarishni davom ettiradi.
Tesla qurilish ishlari va ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun allaqachon bir necha yuz xodimni yollamoqda. Avtomobil ishlab chiqarishini kengaytirish kompaniyaning ushbu maydondagi ikkinchi yirik loyihasiga aylanadi. Avvalroq Tesla akkumulyator elementlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishini eʼlon qilgan edi: korxona elektrodlarni keyingi qayta ishlash uchun AQShga yubormay, 4680 formatidagi elementlarni oʻz joyida yigʻishga oʻtishi kerak.
Kompaniya rejalariga koʻra, mahalliylashtirish Gryunhaydeda akkumulyator elementlaridan tortib tayyor avtomobillargacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish siklini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Loyiha Teslaʼning avtonom avtomobillar va robotaksilarni rivojlantirish yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlib, Yevropada Cybercab ishlab chiqarish quvvatlarini ham oshirishi kerak.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
