Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda mis ishlab chiqarishni 2030-yilgacha ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda

Uchinchi mis boyitish fabrikasi ishga tushirilgach, uch yildan soʻng ishlab chiqarish hajmini 500 ming tonnagacha yetkazish rejalashtirilmoqda

9-noyabr, 14:46По-русски

Read in English

Shutterstock

Mis ishlab chiqarishning oʻsishi elektrotexnika sektorining rivojlanishi bilan bogʻlanmoqda. Sanoat mis zaxiralari va kritik ahamiyatga ega minerallar negizida yanada murakkab mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishni maqsad qilgan. Prezident xomashyo resurslari, kadrlar va tadbirkorlik imkoniyatlarini zamonaviy texnologiyalar hamda ishlanmalar bilan birlashtirish kerakligini taʼkidladi.

Elektrotexnika mahsulotlariga boʻlgan talabni energetika va qurilish loyihalari qoʻllab-quvvatlaydi. Mamlakatda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilmoqda, energiyani saqlash tizimlari rivojlantirilmoqda, hududlarda esa yirik qurilish ishlari olib borilmoqda. Kelgusi oʻn yil davomida hamkorlar bilan birgalikda 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Xorijiy hamkorlar mahalliy korxonalar mahsulotlaridan foydalanishga tayyor, biroq ayrim zarur uskunalar mamlakat ichida hali ishlab chiqarilmayapti. Videokuzatuv uskunalarini ishlab chiqarish istiqbolli yoʻnalish deb hisoblanmoqda. Ichki bozorning videokameralarga boʻlgan ehtiyoji har yili 200 million dollarga baholanmoqda.

Buxorodagi Digital Security va Samarqanddagi Samvision hozirda oʻz dasturiy yechimlaridan foydalangan holda yiliga jami 2 mingta kamera ishlab chiqarmoqda. Prezident bunday tashabbuslarni kengaytirish topshirigʻini berdi. Shu bilan birga, sohani rivojlantirish nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni, balki ularni texnologik jihatdan yangilashni ham nazarda tutishi kerak.

Yana oʻqing