Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Pul

Komissiyalar Uzum Bank moliyaviy oʻsishining asosiy drayveri boʻlib qolmoqda

Fintex kompaniyasi 2026 yilning toʻqqiz oyi yakunlari boʻyicha hisobot berdi

9-noyabr, 18:18По-русски

Read in English

Wikimedia

2026 yilning uch choragi yakunlariga koʻra, Uzum Bankning sof foydasi 485,0 mlrd soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 63,4 baravar oʻsishni anglatadi. Yagona korporativ axborot portalida (openinfo.uz) eʼlon qilingan moliyaviy hisobot maʼlumotlarini «Kardero» investitsiya banki keltirdi.

Asosiy oʻsish iyul–sentabr oylariga toʻgʻri keldi: moliya tashkiloti faqat uchinchi chorakning oʻzida 226,9 mlrd soʻm sof foyda oldi. Bu 2025 yilning uchinchi choragidagi koʻrsatkichdan 1095,4 foizga yuqori.

Asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar

Jami daromadlar 145,6 foizga oshib, 2,3 trln soʻmga yetdi.

Komission daromadlar biznesning asosiy drayveri boʻlib qolmoqda — toʻqqiz oyda ular 2,5 baravar oshib, 1,6 trln soʻmni tashkil etdi.

Aktivlar 4,5 trln soʻmgacha oshirildi (+214,8% yillik hisobda).

Oʻz kapitali 1,6 trln soʻm darajasida qayd etildi (+112,4%).

2026 yil 1 oktabr holatiga kredit portfeli 450 mlrd soʻmni tashkil etdi, bir yil avval esa bu koʻrsatkich 67 mlrd soʻm boʻlgan.

Shu bilan birga, kredit xatarlari boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun zaxiralar 12,1 mlrd soʻm deb baholandi. Bu oʻtgan yilgi darajaga nisbatan 117,1 foizga koʻp.

Yana oʻqing