Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Nike 3D-bosma havo kamerasi bilan Tuned Airʼni taqdim etdi

Yangi konstruksiya oyoq kaftining turli qismlari uchun amortizatsiyani moslashtirish imkonini beradi

17-noyabr, 14:52По-русски

Read in English

dezeen.com

Nike Tuned Air texnologiyasi va yugurish krossovkalarining konseptini taqdim etdi. Kompaniya yangi tizimga ega ilk modelni kelasi yili chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning dizayni hali yakunlanmagan.

Nikeʼning innovatsiyalar, dizayn va mahsulotlar boʻyicha direktori Fil MakKarti havo kamerasi kompaniyaning oʻziga xos 3D-bosma texnologiyasi va tanlab laminatsiyalash yordamida yaratilishini maʼlum qildi. Bu jarayon taglikning turli zonalarida kamera konstruksiyasi va balandligini oʻzgartirish, masalan, tovon va oyoq kaftining old qismi uchun ularni alohida sozlash imkonini beradi.

MakKartining soʻzlariga koʻra, texnologiya Nikeʼga amortizatsiya va tayanch uygʻunligini koʻproq nazorat qilish imkonini berishi kerak. Havo kamerasi taglikning butun uzunligi boʻylab koʻrinib turadi — bu element seriyali model tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, taqdim etilgan render boʻlajak dizaynni faqat taxminiy tarzda koʻrsatadi: unga bir nechta oʻzgartirish kiritiladi, biroq kutilishicha, kameraning shakli prototipnikiga yaqin boʻlib qoladi.

Nike Tuned Airʼni Air Max va Air Zoomʼdan keyingi havo amortizatsiyasiga ega poyabzallarning yangi avlodi sifatida koʻrib chiqmoqda. Kompaniya, shuningdek, individual sozlash imkoniyatlari hamda taglikni vizual bezashning ilgari ishlab chiqarish jarayoni bilan cheklangan yangi variantlarini ham oʻrganmoqda.