Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xiaomi bir necha yil davomida Pro modellarini faqat Xitoyda sotganidan soʻng 18 Pro Max flagmanini jahon bozoriga olib chiqmoqda

Qurilma 200 MP rezolyutsiyali ikkita kamera va maxfiylik ekraniga ega

18-noyabr, 15:14По-русски

Read in English

gsmarena.com

Xiaomi 18 Pro Maxʼning global versiyasi Oppo, vivo va Honor flagmanlari bilan raqobatlashishga moʻljallangan. Smartfon 200 MP rezolyutsiyali ikkita asosiy kamera bilan jihozlangan boʻlib, ulardan biri 3,2 karra kattalashtirishga ega periskop teleobyektivdir. Kameralar blokiga oʻrnatilgan qoʻshimcha ekran orqa panelga qaytdi.

Asosiy displeyning diagonali 6,9 dyuymni tashkil etadi. Xiaomi yanada yuqori yorqinlikni vaʼda qilmoqda, apparat darajasidagi maxfiylik funksiyasi esa ekran koʻrinishini yon tomondan cheklashi, shu tariqa yon-atrofdagi odamlarning undagi maʼlumotlarni oʻqishini qiyinlashtirishi kerak. Qurilma unumdorligini Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 taʼminlaydi, tezkor xotira hajmi 12 GB dan, doimiy xotira hajmi esa 256 GB dan boshlanadi.

Global versiyaga 7 050 mA·soat sigʻimli batareya oʻrnatilgan, Xitoydagi versiya esa 8 500 mA·soat sigʻimli batareyaga ega. Har ikki versiya 100 Vt quvvatli simli va 50 Vtgacha quvvatli simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi; simsiz zaryadlash uchun Xiaomiʼning mos keluvchi zaryadlash qurilmasi kerak. Yevropa uchun moʻljallangan qutida USB-A — USB-C kabeli va shaffof silikon gʻilof bor, biroq quvvat adapteri yoʻq. 256 GB xotirali komplekt €1 359,90, 512 GB xotirali versiya esa €1 529,90 turadi.