Oʻzbekiston tashqi davlat qarzi boʻyicha Qozogʻistondan oshib ketdi
Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil oxiriga kelib Oʻzbekistonning tashqi qarzi $48,46 mlrdni, Qozogʻistonniki esa $46,41 mlrdni tashkil etdi

Qozogʻistonning jami tashqi majburiyatlari $183,1 mlrdga, Oʻzbekistonning tashqi majburiyatlari esa $88,03 mlrdga yetdi. Xususiy sektor qarzi mos ravishda $115 mlrd va $32,84 mlrdni tashkil etadi. Shu bois davlat qarzi Qozogʻiston majburiyatlarining qariyb choragini, Oʻzbekiston majburiyatlarining esa yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi.
Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan qarz miqdori mos ravishda qariyb $8,8 ming va $2,4 mingni tashkil etadi; yalpi milliy daromadga nisbatan esa bu koʻrsatkichlar 64% va 60%ga teng. Qozogʻiston 2025 yilda qarzga xizmat koʻrsatish uchun eksport tushumining 64 foizini, Oʻzbekiston esa 29 foizini yoʻnaltirdi. Oʻzbekistondagi bu ulush yil davomida 18,6 foizga kamaydi.
Xitoy Oʻzbekistonning asosiy ikki tomonlama kreditori boʻlib qolmoqda: uning Oʻzbekistonga bergan kreditlari hajmi $3,85 mlrdni tashkil etadi. Eng yirik koʻp tomonlama kreditor esa Osiyo taraqqiyot banki boʻlib, uning krediti $8,36 mlrdga teng. 2025 yilda rasmiy kreditorlar Oʻzbekistonga yillik 3,4% stavkada yangi kreditlar bergan. Qozogʻiston xususiy kreditorlardan 4,9%, Qirgʻiziston 7,8%, Oʻzbekiston esa 8,6% stavkada kredit olgan; Tojikiston va Turkmaniston xususiy kreditorlardan yangi kredit olmagan.



